ImageChef Custom Images
» » Mahmudxo‘ja Behbudiy (1875-1919)

Mahmudxo‘ja Behbudiy (1875-1919)

administrator | 0 комментариев | 188 просмотров
10
10
2018
Mahmudxo‘ja Behbudiy (1875-1919)
0 голосов
  • Просмотр онлайн
  • Просмотр Сериаль

Mahmudxo‘ja Behbudiy XX asr bo‘sag‘asidaga Turkiston ijtimoiy-siyosiy harakatchiligining eng yirik namoyandasi, yangi davr o‘zbek madaniyatining asoschisidir. Turkiston jadidlarining tan olingan rahnamosi, mustaqil jumhuriyat g‘oyasining yalovbardori, yangi maktab g‘oyasining nazariyotchisi va amaliyotchisi, o‘zbek dramaturgiyasini boshlab bergan birinchi dramaturg, teatrchi, noshir, jurnalist. U tariximizning g‘oyat og‘ir va murakkab bir davrida yashadi. XVI asrdan boshlangan inqiroz va turg‘unlik, o‘zaro janjal, mahalliy urug‘chilik nizolari millatni holdan toydirgan, imkondan foydalanib o‘lkani zabt etgan Rusiya zo‘r berib, uni turg‘un va tutqun saqlashga urinardi. Mana shunday bir sharoitda Vatanni butunlay yo‘q bo‘lish xavfidan saqlab qolish, avlodlarni erk va ozodlik, mustaqillik ruhida tarbiyalash, ma’rifat va taraqqiyotta boshlash jadidlar nomi bilan tarixga kirgan Behbudiy boshliq fidoyilar zimmasiga tushdi.

Turkistonda “Usuli jadid”, “Usuli savtiya” nomlari bilan shuhrat topgan yangi maktabni shular tashkil qilib, shular birinchi bo‘lib zamonaviy maktab g‘oyasini ilgari surdilar. Ular o‘z hisoblaridan maktablar ochib, yosh avlodni istiklolga tayyorladilar, she’r va maqolalar, sahna asarlari orqali milliy ongni shakllantirishga, milliy g‘urur va iftixor tuyg‘ularini singdirishga urindilar. Rusiya qonunlari imkon bergan darajada Turkiston musulmonlarining sha’nu shavkatini himoya qildilar, inqilob yillarida esa mustaqillik bayrog‘ini baland ko‘tardilar.

Mahmudxo‘ja Behbudiy mana shu Turkiston jadidchilik harakatining asoschisi, boshlab beruvchisi edi. U 1875 yilning 19 yanvarida Samarqand yaqinidagi Baxshitepa qishlog‘ida, ruhoniy oilasida dunyoga kelgan. Otasi Behbudxo‘ja Solihxo‘ja o‘g‘li turkistonlik, Ahmad Yassaviyning avlodlaridan, ona tomonidan bobosi Niyozxo‘ja urganchlik bo‘lib, amir Shohmurod zamonida (1785–1800)Samarqandga kelib qolgan. 1894 yilda otasi, imom-xatiblik bilan shug‘ullanib kelgan Behbudxo‘ja vafot etadi. Yosh Mahmudxo‘ja tog‘asi qozi Muhammad Siddiq tarbiyasi va qaramog‘ida o‘sib voyaga yetadi. Arab sarfu nahvini kichik tog‘asi Mulla Odildan o‘rganadi. 18 yoshida qozixonada mirzolik qila boshlaydi. O‘z ustida qunt bilan ishlab, shariatning yuksak maqomlari – qozi, mufti darajasigacha ko‘tariladi. Yosh Mahmudxo‘ja dunyoqarashining shakllanishida Rusiya jadidchilik harakatining asoschisi Ismoilbek Gasprinskiyning xizmati katta bo‘lgan. U 1892 yilda Turkistondagi maktablarni isloh kilish, “usuli savtiya”ni joriy etish taklifi bilan general gubernator N. O. Rozenbaxga murojaat etadi. Javob olmagach, 1893 yilda o‘zi Toshkentga keldi. Samarqand, Buxoroda bo‘ldi. Mahalliy xalq bilan gaplashib, dastlabki yangi usul maktablarni ochishga muvaffaq bo‘ldi. Behbudiy o‘z xotiralarida ustozi bilan uchrashuvlarini ixlos va muhabbat bilan tilga oladi.

1899–1900 yillarda Behbudiy haj safariga boradi. Dunyo ko‘rish izsiz ketmaydi. Safar yangi maktab haqidagi qarashlarini mustahkamlaydi. Uning tashabbus va g‘ayrati bilan 1903 yilda Samarqand atrofidagi Halvoyi (S. Siddiqiy), Rajabamin (A. Shakuriy) qishloqlarida yangi maktablar tashkil topdi. Adib bu maktablar uchun darsliklar tuzishga kirishadi. Ketma-ket “Risolai asbobi savod” (1904), “Risolai jug‘rofiyai umroniy” (1905), “Risolai jug‘rofiyai Rusiy” (1905), “Kitobatul-atfol” (1908), “Amaliyoti islom” (1908), “Tarixi islom” (1909) kabi kitoblari paydo bo‘ladi.

1903–1904 yillarda Maskov, Peterburgga boradi, 1907 yilda Qozon, Ufa, Nijniy Novogorodda bo‘ladi. Bular sayohat emas, xizmat safari edi. Masalan: Nijniy Novogorodda 1907 yilning 23 avgustida Rusiya musulmonlarining turmush va madaniyati muammolariga bag‘ishlangan qurultoyi chaqiriladi. Behbudiy turkistonliklar guruhini boshqaradi va katta nutq so‘zlaydi.

Ma’rifat uchun birgina maktab kifoya qilmaydi. Zamon va dunyo voqealari bilan tanishib bormoq kerak. Millat va Vatanning ahvolidan, kundalik hayotidan ogoh bo‘lmoq lozim. Millat uchun oyna kerak, toki undan o‘z qabohatini ham malohatini ham ko‘ra olsin.

Mana shu ehtiyoj va zarurat Behbudiyni teatr va matbuotga boshladi. “Padarkush” dramasi shu tariqa maydonga keldi. Biroq uning dunyo ko‘rishi oson kechmadi. “Padarkush” dramasi 1913 yildagina bosilib chiqadi. Kitob jildiga “Borodino jangi va Rossiyaning fransuzlar bosqinidan xalos bo‘lishining yubiley sanasiga bag‘ishlanadi” degan yozuv bilan Tiflis senzurasidan ruxsat olinadi. Bosilib chiqqandan keyin ham sahnaga qo‘yish uchun yaqin bir yil vaqt ketadi.

“Padarkush” – o‘zbek dramachiligining hamma yakdil e’tirof etgan birinchi namunasidir. Mutaxassislar uni ham janr, ham mazmunga ko‘ra yangi o‘zbek adabiyotini boshlab bergan bir asar sifatida baholaydilar. Muallif “Milliy fojia” atagan 3 parda 4 manzarali bu drama hajman ixcham, mazmunan nihoyatda sodda va jo‘n edi. O‘qimagan bolaning buzuq yo‘llarga kirib o‘z otasining o‘ldirgani, nodonlik va jaholat haqida edi.

“Padarkush” dastlab Samarqandda 1914 yilning 15 yanvarida sahnaga qo‘yidsi. Spektakl o‘z maishatiga o‘ralib, dunyoni unutgan millatdoshlarga chakmoqdek ta’sir etdi. U Toshkentda 1914 yilning 27 fevralida qo‘yildi.

Avloniyning “Turon” gruppasi Kolizey (Hozirgi savdo birjasi binosi)da o‘z faoliyatini mana shu “Padarkush” bilan boshlangan edi. Spektakl boshlanish oldidan Munavvarqori teatrning jamiyat hayotidagi o‘rni haqida nutq so‘zlaydi. Bosh rolni A. Avloniyning o‘zi ijro etadi. Mahalliy matbuot bu kunni “tarixiy kun” deb yozadi. “Turon” gruppasi 1914–1916 yillarda bu spektakl bilan butun Farg‘ona vodiysini aylanib chikdi. Turkistonni junbushga keltirgan qirg‘inbarot inqilob yillarida ham sahnadan tushmadi. Bu bir tomondan millatni ma’rifat va taraqqiyot sari undashda katta ahamiyatga ega bo‘lsa, ikkinchi tomondan professional o‘zbek teatri va dramachiligining maydonga kelishi hamda taraqqiyotida muhim xizmat qildi.

Bu asarning o‘z davrida adabiy harakatchilikka yetkazgan ta’siri haqida qaydlar ko‘p. Buning shohidi sifatida Abdulla Qodiriyning 1913 yillarda chiqqan “Padarkush” p’yesasi ta’sirida “Baxtsiz kuyov” degan teatr kitobini yozib yuborganimni o‘zim ham payqamay qoldim, degan e’tirofini eslash kifoya. 1916 yilda Toshkeshta kelib Kolizeyda “Turon”ning qator spektakllarini ko‘rgan A. N. Samaylovich yozadi: “Turkistonda yangi adabiyot maydonga keldi. Bu men uchun kutilgan hol edi… Yangi adabiyotning markazi – Samarqand… Yesh qalamkashlarning bosh ilhomchisi samarqandlik mufti Maxmudxo‘ja Behbudiydir”.

1913 yildan Behbudiy matbuot ishlari bilan shug‘ullandi. Apreldan “Samarqand” gazetasini chiqara boshladi. Gazeta turkiy va forsiy tillarda, haftada ikki marta, dastlab ikki, so‘ng to‘rt sahifada chop etilgan. 45-soni chiqib, moddiy tanqislik tufayli to‘xtagan. So‘ng Behbudiy shu yilning 30 avgustidan “Oyna” jurnalini chiqara boshlaydi. “Haftalik, suratlik bu majalla, asosan, o‘zbek tilida bo‘lib, unda ixcham forsiy she’r, maqolalar, ruscha e’lonlar ham berib boriladi… Kavkaz, Tatariston, Eron, Afg‘oniston, Hindiston va Turkiyagacha tarqalar edi… Jadidlarning sevikli jurnallari edi…” deb yozgan edi Ziyo Said.

Behbudiy shu yillari nashr ishlari bilan qizg‘in shug‘ullandi. A. V. Pyaskovskiy uning o‘z bosmaxonasida Fitratning “Bayonoti sayyohihindi” asarini 1913 yildaruschagatarjimaqildirib, nashr etganini xabar beradi…

1914 yilning 29 mayida Behbudiy ikkinchi bor arab mamlakatlariga sayohatga otlanadi. Poyezdga o‘tirib Bayramali orqali Ashxobodga o‘tadi. Krasnovodsqdan paraxod bilan Bokuga boradi. 2 iyunda Mineralniye vodi-Kislovodsk-Pyatigorsk, Jeleznovodsk-Rostov-Odessani kezib, 8 iyunda Istanbulga kirib keladi. Kichik sayohatdan so‘ng Istanbulga qaytib, 21 iyunda suv yo‘li bilan Quddusga yo‘l oladi. Bayrut, Yofa, Xalil ar-Rahmon, Port Said, Shom shaharlarini tamoshaqiladi… Sayohatxotiralari har jihatdan g‘oyat muhim bo‘lib, Behbudiy ularni o‘z jurnali “Oyna”ning 1914 yil sonlarida mazkur nom ostida peshma-pesh berib boradi. Bu “Xotiralar” ham ma’rifiy, ham adabiy estetik jihatdan nihoyatda muhim. U adabiyotimizdagi an’anaviy tarixiy me’muar janrining XX asr boshidagi o‘ziga xos namunasidir.

“Oyna” jurnali ma’rifat va madaniyat tarqatishda juda katta xizmat qildi. Unda millat va uning haq-huquqi, tarixiga, til-adabiyot masalalariga, dunyo ahvoliga doir qizikarli maqolalar, bahslar berib borilgan. Ayniqsa, til masalasi muharrirning hamisha diqqat markazida turdi. Behbudiy millatning taraqqiysi uchun bir necha til bilishni shart hisoblardi. Jurnalning 1913 yil 13 avgust birinchinishona sonidayoq “Ikki emas, to‘rt til lozim” degan maqola bilan chiqqan edi.

Behbudiy adabiy tanqidga katta e’tibor berdi. Navoiydan keyingi bir necha asrlik sukunatdan so‘ng bu sohaning xos xususiyatlarini ta’kidlab adabiyotda tenghuquqlilik masalasini o‘rtaga qo‘ydi. Maqola “Tanqid saralamoqdur” (1914 y. 27-son) deb nomlangan edi. Adibning barcha tarixiy-ilmiy mavzudagi maqolalari o‘tmishga kamoli ehgirom va e’tiqod bilan yozilgan.

Behbudiy millat o‘zini anglagandagina ijtimoiy-siyosiy masalalarni boshqalar bilan teng muhokama eta oladi, degan fikrda bo‘ldi. Shuning uchun ham tarixga alohida e’tibor berdi.

Umuman Behbudiyning publitsist sifatida faoliyati adib iste’dodini juda yorqin bir qirrasini tashkil etadi. U o‘z umri davomida yuzlab maqolalar yozdi. O‘zining Millat va Vatan, jamiyat va axloq haqidagi fikrlarini ko‘proq maqola va chiqishlarida ifoda etdi. Ba’zilar uning maqolalari 200, boshqalar 300 deb belgilaydilar. Uning barcha maqolalari aniqlab chiqilmagan. Muhimi shundaki, u XX asr boshidagi Turkistonning yirik siyosiy arbobi edi. Uning Millat va Vatan taqdiri haqidagi barcha qarashlari, avval, mana shu maqolalarida aks etgan edi. Bu jihatdan, uning 1906 yil 10 oktyabrda “Xurshid” (6-son) gazetasida bosilgan “Xayrul umuri avsotuho” (“Ishlarning yaxshisi o‘rtachasidur”) maqolasi diqqatga sazovordir. Bu maqola uzoq yillar Sovet tarix fani nuqtai nazaridan baholanib, Behbudiyni qoralash uchun nishon bo‘lib keldi. Gap shundaki, Behbudiy o‘sha 1906 yildayoq sotsialistik ta’limotni va uni Rusiyada amalga oshirishga bel bog‘laganLenin partiyasini keskin rad etgan edi. U ham ustozi I. Gasprinskiy kabi sotsializmni zo‘rovonlik hisoblaydi, sotsial tenglikni adolatsizlik deb bildi. Shaxs manfaatdorligida, millat ravnaqida taraqqiyotning buyuk omilini ko‘rdi. Xuddi shu e’tiqod uni Turkistonning mustaqilligi uchun kurashga yetakladi.

Vatan takdiri kun tartibiga qo‘yilgan 1917 yilning 16–23 aprelida Behbudiy Toshkentda bo‘lib o‘tgan Turkiston musulmonlarining 150 vakili ishtirok etgan qurultoyida hayajonli nutq so‘zladi. Millatni o‘zaro ixtiloflardan voz kechishga, buyuk maqsad yo‘lida birlashishga, ittifoq bo‘lishga chaqirdi. Xuddi shu ixtilofimiz sababli “mustamlakot qoidasi ila bizni idora eturlar” deb ochiq aytdi.

Shu yilning 26 noyabrida Qo‘qonda o‘lka musulmonlarining IV favqulodda qurultoyi ish boshladi. 27 noyabrga o‘tar kechasi “Turkiston muxtoriyati” e’lon qilindi. Bu mustamlakadan mustakillik tomon qo‘yilgan jiddiy va jasoratli qadam edi. Uning ma’naviy otasi, shuhbasiz, Behbudiy edi. Biroq u Sovetlar tomonidan xoinona bostirildi. 19–20 fevral kunlari shahar to‘pga tutildi. 10 ming turkistonlik o‘ldirildi, 180 qishloqqa o‘t qo‘yildi.

Behbudiy iztirob bilan Samarqandga qaytadi. U yerda tura olmay, Toshkentga keladi. Turkiston rus sovet hukumati rahbarlari bilan muzokara olib borishga urinadi. Tabiiyki, muzokaralar natija bermaydi. Millatni, milliy taraqqiyotni inkor etgan sho‘rolar yo‘li aldov va zo‘ravonlikka asoslanganini bilardi. Shuning uchun ham uni 1906 yildayoq aql va shariatga zid deb e’lon qilgan edi.

Orzulari chil-chil bo‘lgan Behbudiy 1919 yilning bahorida, 25 martda parishon holda yo‘lga chiqadi va Shahrisabzda qo‘lga olinib, taxminan ikki oy o‘tgach, Qarshiga keltirib zindonga tashlandi. Bir necha kundan so‘ng Qarshi begi Tog‘aybekning buyrug‘i bilan zindon yaqinidagi “podsholik chorbog‘i”da o‘ldirilgan. Uning qatli haqidagi xabar o‘sha paytdagi poytaxtimiz Samarqandga rosa bir yildan keyin ma’lum bo‘ldi. 1920 yilning aprelida butun Turkiston motam tutdi.

1926–27 yillarda, 11 yil Qarshi shahri Behbudiy nomi bilan yuritildi. Adibning nomini adabiylashtirilishi shunchaki bir niqob edi, uning asl qiyofasi xalqdan sir saqlandi. Qarshi shahriga uning nomi qo‘yilgan o‘sha 1926 yildayoq jadidchilikni aksilinqilobiy, aksilsho‘raviy harakat sifatida qoralash kampaniyasi boshlab yuborilgan edi.

Bugun Behbudiy kabilar muqaddas tutgan yurt ozod va mustaqil bo‘ldi. Ular jon fido etgan istiqlol avlodlariga nasib etdi. Millat va Vatan mustaqilligi yo‘lida fido bo‘lganlar esa shu Millat va Vatan umri qadar boqiydirlar.

 

“Ma’naviyat yulduzlari” (Abdulla Qodiriy nomidagi xalq merosi nashriyoti, Toshkent, 1999)kitobidan olindi.








Кино Mahmudxo‘ja Behbudiy (1875-1919) в хорошем качестве

DO'STLARGA HAM ULASHING

Прокомментировать
Введите код с картинки:*
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
2018-2019 Sayyod.ru №1
Смотрите любимые фильмы онлайн на Sayyod.ru Фильмы и сериалы для современного общества – это лучший способ отдохнуть или развлечься в свободное время. А сколько эмоций может доставить появление новой серии или передачи. Не всегда в нужный момент получается посмотреть любимое кино по телевизору, а у некоторых вообще он отсутствует. Тогда единственным вариантом остаётся смотреть фильмы и сериалы бесплатно через планшет или ноутбук. Благодаря нашему сайту у вас есть возможность быть в курсе выхода предстоящих кинолент не выходя из дома. Даже если вы находитесь в пути или на работе главное иметь доступ к интернету. С нами будет интересно погрузиться в различные жанры кино. Устраивайте удобно и получайте удовольствие от просмотра смешных событий и романтических историй, научных и детективных фактов или ужасных триллеров. Заходите на любимый онлайн-кинотеатр и окунитесь в атмосферу реальных или придуманных фантазий в которых знаменитые актеры передадут весь смысл сюжета фильма.

Какие фильмы онлайн можно смотреть бесплатно и без рекламы Наш сайт – это отличная находка для киноманов. Мы постоянно пополняем сайт новинками кино 2017 года. Для нас важно угодить зрителю потому мы стараемся добавлять лучшие фильмы, сериалы и мультфильмы 2018 года, имеющие популярность и высокие рейтинги. Можно зайти в любую категорию жанра и найти под каждым произведением кинематографа полезную информацию, а также посмотреть отзывы посетителей. Если у вас имеются сомнения по поводу того смотреть фильм онлайн или нет вы можете уделить всего пару минут и ознакомиться с его трейлером. Все видеоролики доступны в хорошем качестве и без проблем каждый пользователь может посмотреть кино с нормальной озвучкой. Сериалы и фильмы в HD 1080 качестве на Sayyod.ru отвлекут от постоянных проблем, заполнив свободное время чужими увлекающими событиями.

Смотрите онлайн фильмы в хорошем качестве с комфортом Sayyod.ru заботится о всех зрителях и старается радовать огромным ассортиментом телевизионных новинок и кинопремьер, вышедшие на большие экраны, а также не напрягать показом рекламы. Мы ищем самые интересные кино проекты мира и добавляем на наш сайт. Приятным показателем для нас являются постоянная заинтересованность гостей сайта и возвращение в коллекцию сериалов и фильмов. А добавление сайта в закладки даёт стимул на поиски самых популярных онлайн кинокартин. Чтобы снять усталость и провести досуг достаточно пару кликов мышки, и вы уже смотрите подходящий фильм под настроение. Желаем приятного просмотра и хороших впечатлений!

Яндекс.Метрика
все шаблоны для dle на сайте шаблоны dle 11.2 скачать