» » AVESTO HAQIDA

AVESTO HAQIDA

administrator | 1 комментарий | 359 просмотров
26
10
2018
AVESTO HAQIDA
0 голосов
Загрузка...
  • Просмотр онлайн
  • Просмотр Сериаль

 << AVESTO HAQIDA >>

<< Avesto >> O'rta Osiyo xalqlarining mushtarak yodgorligidir. Unda ham turkiy ham eroniy xalqlar dunyoqarashi urf odatlari yashash tarzlariga oid malumotlar uchraydi.
 U zardushdiylik dinining muqaddas kitobidir. << Avesto >> so'zi << o'rnatilgan muqarrar qilingan hayotning asosiy yo'riqnomasi >> manosini ifodalaydi.
Zardushtiylik yurtimizda bundan 3000 yilcha oldin tarqalgan. << Avesto >> kitobi esa bundan 2700 yil muqaddam Xorazmda dunyoga kelgan. Xorazmlik Abu Rayhon Beruniy
( 973-104 ) << Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar >> asarida; << Podshoh Doro ibn Doro >> xazinasida << Avesto >> ning 12 ming qoramol terisiga tilla bilan bitilgan
bir nushasi bor edi. Iskandar otashxonalarni vayron qilib ularda hizmat etuvchilarni o'ldirgan vaqtda uni yondirib yuborgan. Shuning uchun o'sha vaqtdan beri << Avesto >>
ning beshdan uch qismi yo'qolib ketdi. << Avesto >> o'ttiz nask edi. Majusiylar qo'lida o'n ikki nask chamasi qoldi. Biz Qur'on bo'laklarini haftiyaklar deganimizdek,
nask << Avesto >> bo'laklaridan har bir bo'lakning nomidir. - Deb malumot bergan. Iskandar ( Aleksandir Makedonskiy ) o'z yurishlarida uni qo'lga kiritib, Yunonistonga
yuboradi va uning buyrug'i bilan bu << Avesto >> nusxasi sinchiklab ko'rib chiqilib, ilm-fanga tegishli deb hisoblangan qismlari saqlab qolinadi, qolganlari esa kuydirib yuboriladi.
Bizgacha saqlanib qolgan qismi unchalik ko'p emas. << Avesto >> bizgacha ikki ko'rinishda yetib kelgan;
1-Gatlar ( <<Gatlar>>, <<Gohlar>> deb ham yuritiladi. U Zaratushtra tilidan aytilgan o'ziga xos 17 ta qo'shiqdan iborat ).Gohlar Zardusht she'rlari va ibodat payti ijro etiladigan
matinlardir.
2-Zend ( Bu << Avesto >>ga bitilgan pahloviy tilidagi sharhlar bo'lib uning pahloviy tilidagi eng eski nusxasi 1288-yilga tegishli.Zend to'rt qismdan ( Yasna, Visparad, Videvdat, Yashta )
dan iborat.<< Avesto >> tili o'lik tildir. << Avesto >>da << Xvayrizem >> manosi ( quyosh yeri ) yani Xorazm va Arahna ( Amudaryo ) hamda ushbu joylar bilan bog'liq geografik joylar nomi
tez-tez uchrab turadi. << Avesto >> dagi Zardushtning to'liq nomi Zaratushtara bo'lib uning manosi << qari tuya egasi >> dir.
Asardagi asosiy timsollar Hurmuz va Axriman bo'lib Hurmuzning to'la nomi Axuramazda, Axrimanning ikkinchi nomi Angiramanyudir.
Hurmuz-ezgulik timsoli, Axriman-yovuzlik ramzidir.
Axura mazda Zardushtiylik dinining xudosi, yaratuvchi, xoliq sifatida tasvirlangan.
<< Avesto >> da olam ikki asos yani yorug'lik va zulmat, yaxshilik va yomonlikning kurashidan iborat, deb izohlanadi. Bu aslida dunyoni harakatga solib turgan ikki kuch shayton va Rahmon orasidagi
abadiy kurashdir.
<< Avesto >> da Kayumars,Mitra ( u shavqatli,qudratli,bilgich,tik qomat,va uyg'oq,yuz ming tuman ko'zli,o'tkir ko'z shijoatkor,duoni tinglaguvchi ) deya tariflangan.
<< Avesto >> o'sha davrlar tarixi,fani,madaniyati haqida malumot beruvchi qomusiy asar bo'lib unga sharhlar ham yozilgan.Uning qisqartirilgan nusxasi << Zand Avesto >>
nomi bilan mashhur. << Avesto >> ni o'zbek tiliga birinchi bo'lib tarjima qilgan shoir Asqar Mahkamovning hizmatlari juda katta. Mirsodiq Is'hoqov ham bu asarni tarjima qilgan. O'zbekistonda
<< Avesto >>ning 2700 yilligi 2001-yilda nishonlandi. Shu munosabat bilan Xorazm viloyati markazi Urganch shahrida ulkan obida qurildi.

<< Sharafjon Sariyev >>ning adabiyot qo'llanma 3-kitobidan olindi 2016-yil








BIRINCHI BIZDA"AVESTO HAQIDA"KEYIN BOSHQALARDA

DO'STLARGA HAM ULASHING

KivaHackSmarl
2 ноября 2018 10:46
Доброго времени суток . Ваш форум мне показался очень привлекательным и перспективным. Хочу приобрести рекламное место для баннера в шапке, за $1500 в месяц. Оплачивать буду через WebMoney, 50% сразу, а 50% через 2 недели. И еще, адрес моего сайта https://kiva-hack.ru - он не будет противоречить тематике? Спасибо! Напишите о Вашем решении мне в ПМ или на почту boris1977gorbunov@gmail.com
2018-2019 Tengsiz.uz №1
все шаблоны для dle на сайте шаблоны dle 11.2 скачать