"QABRDAGI VASIYAT" » Tengsiz Portal №1
» » "QABRDAGI VASIYAT"

"QABRDAGI VASIYAT"

admin | 0 комментариев | 834 просмотров
24
01
2020
"QABRDAGI VASIYAT"
0 голосов

KANALIMIZGA A'ZO BO'LING

loading...
  • Просмотр онлайн
  • Просмотр Сериаль

"QABRDAGI VASIYAT"

Yigit o'z otasini
So'nggi yo'lga kuzatdi.
Yaqinlari,do'stlari
Barcha uni yupatdi.

Qaytdi mozor boshidan
Boshi egik va mayus.
Qalbida bor sog'inchi
Otasi ketdi afsus.

O'sha kuni tush ko'rdi
Yigit ota haqida.
Ota dedi:yaxshiman
Yotibman tosh qabirda.

Yonimdagi otalar
Jannat isin hidlaydi.
Menga esa jon bolam
Bu baxt nasib qilmaydi.

Senga bergan tarbiyam
Xush kelmadi ollohga.
Jabrini tortayapman
Men loyiqman jazoga.

Tirikligim chog'imda
Muhtoj qilmay o'stirdim.
Halol non tuz yedirib
Tarbiyani unutdim.

Sen ko'p xato qilibsan
Bazan bildim,bilmadim.
O'g'irlik,nokaslikdan
O'z vaqtida tiymadim.

Ichding zaxru ofatni
Kech kelganda aldading.
O'z tanlagan yo'lingdan
Bolajonim qaytmading.

Kam bo'lma deb birovdan
Cho'ntaginga soldim pul.
Halovating o'yladim
Oqibatda qildim qul.

Senga esa nasixat
Farzandinga ogoh bo'l.
Yomon illatdan tiygin
Tanlab bergin to'g'ri yo'l.

Men kabi qiynalmagin
Oxiratda jon bolam.
Tiriklikda o'ylagin
Savol javob kuning ham.

Cho'chib uyg'ondi yigit
Orqasiga qaradi.
Ortidan qolgan yo'lni
Oxirini o'yladi.

Menga halol yedirib
Otam o'tdi dunyodan.
Qiynoqlar chekayapti
Qilgan xatolarimdan.

Bo'laman endi halol
O'g'rilik ham qilmayman.
Otam chekmasin malol
Ichib,chekib yurmayman.

Qilgan ishimdan bu xalq
ThOtangga rahmat desin.
Otam yotgan joyida
Tinch va osuda yotsin.

Do'stlarim bo'ling ogoh
Ota-onangiz asrang.
Savol-javob chog'ida
Ne qilishlarin o'ylang.

Yaxshilik qiling doim
Rahmatlari qaytadi.
Onangiz olar duo
Duo so'zin aytadi.

Kim-kimlarga ne qilur
Barchasi bo'lar hisob.
Ezguliklarni jamlab
Mehirdan ko'ring oftob...

Muallif: Mirxalilova Shaxnoza


QISMLARNI TANLANG




BIRINCHI BIZDA""QABRDAGI VASIYAT""KEYIN BOSHQALARDA

DO'STLARGA HAM ULASHING

все шаблоны для dle на сайте шаблоны dle 11.2 скачать