YOLG'IZLIGIM BILMAYSIZMI
loading...
YOLG'IZLIGIM BILMAYSIZMI.Sizdan olis yiroqdaman,
Yurak qo'msar ko'zingizni.
Qalbim yonar firoqdaman,
Ko'rgim kelar o'zingizni.
Yurak yutib borolmayman,
Tag'dir yo'lim to'saverar.
O'zgasini sevolmayman,
Yurak sizni kutaverar.
Yolg'izligim bilmaysizmi.
Bilib atay kelmasizmi.
Ko'zlarimni bir quvnatib,
Kelib xursad qilmaysizmi.
Keling yana shamol bo'lib,
Sochlarimni mayin silab.
Keling yana oydek to'lib,
Yuzingizga to'yay qarab.
Kutaverib madorim yo'q,
Kelib dardim olmaysizmi.
Sizdan boshqa sevganim yo'q,
Siz ham menday sevmaysizmi.
Yolg'izligim bilmaysizmi.
Bilib atay kelmasizmi.
Ko'zlarimni bir quvnatib,
Kelib xursad qilmaysizmi.
16:34.25.01.2020
MUALLIF: QODIR QAXXOR